Qoidalar

Vebinarda ishtirok etish qoidalari

Ushbu qonun-qoidalar «Camon.uz» tomonidan olib boriladigan barcha vebinarlar uchun umumiy hisoblanib, vebinar ishtirokchilari hamda ma’muriyati tomonidan birdek bajarilishi lozim. Forum ma’muriyati bir tomonlama hamda ogohlantirishlarsiz qoidalarni o’zgartirish huquqiga ega. Qoidalarni bilmaslik ularni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi. Aniq bir xabarga doir qoidalarni sharhlash bo’yicha so’nggi so’z ma’muriyat zimmasida. Vebinarlar do’stona muloqot, muhokama va o’zaro hamkorlik maqsadida o’tkaziladi. Barcha ishtirokchilar bir xil huquq va majburiyatlarga egadirlar hamda belgilangan Qoidalar va O’zbekiston Respublikasining qonunchiligini bajarishga birdek mas’uldirlar. Ma’muriyat vebinarlarni tashkillashtirishda uchinchi shaxslarni jalb qilish huquqiga ega.

Ishtirokchilar boshqa ishtirokchilarni haqorat qilishlari hamda fitnalar uyushtirishlari qat’iyan ta’qiqlanadi.Shuni ham unutmaslik lozimki, Siz har bir xabaringiz uchun mas’uldirsiz.

 

1.Ishtirokchi quyidagi huquqlarga ega:

1.1. Vebinar namoyish etilayotgan dastur oynasidan matnli xabar ko’rinishida savollar berish;
1.2. Vebinarda ishtirok etayotgan spikerlarning chiqishlarini ta’minlovchi materiallarni yuklab olish va ulardan shaxsiy maqsadlarda foydalanish;
1.3. Vebinar ma’muriyatining harakatlaridan norozi bo’lganda, ma’muriyat vakillariga shaxsiy xabarlar orqali e’tiroz bildirish.

 

2.Ishtirokchining majburiyatlari:

2.1. Vebinarga ro’yxatga yozilayotganda ko’rsatilgan barcha kataklarni aniq ma’lumotlar bilan to’ldirish. Faqatgina ism yoki abstrakt niklar bilan ro’yxatga yozilganlar vebinarga qo’yilmaydi. Vebinarning tashkilotchilari hamda boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmat saqlang. Sayt ma’muriyati bu ma’lumotlarni uchinchi shaxsga berib yubormaslik majburiyatini olgan. Vebinarda spiker sifatida qatnashgan insonlar va tashkilotlar bu qoidaning istisnosini tashkil etadilar. Bu narsa ular ishtirokchilarga o’z chiqishlarining sifatiga doir savollar berishlari, so’rovnoma o’tkazishlari, vaqtinchalik cheklovlar tufayli ishtirokchilarga yetib bormagan ma’lumotlar bilan bo’lishishlari uchun qilinadi.

2.2.O’zlarining matnli xabarlarini qoldirishlaridan avval tuzilgan jumlaning to’g’riligiga ishonch hosil qilish. Unutmang, bunday xabarda hech kim Sizni ko’rmaydi va nutq ohangizni ham eshitmaydi, shuning uchun Sizni noto’g’ri tushunish ehtimoli mavjud. “EY”, “ALLYE”, “AU” kabi iboralar Sizning so’zamolligingizning belgisi bo’lishi mumkin. Biroq bunday murojaat odamlarni ranjitadi.

2.3. Ma’muriyat va moderatorlarning xabarlarda aytib o’tgan talablarini bajarish.

2.4. Vebinar davomida muloqot qilish imkoniyatidan reklama xabarlarini joylashtirish va shaxsiy xizmatlarni yuritish maqsadida foydalanmaslik.

 

3.Ishtirokchiga ruxsat etilmaydi

3.1. Ro’yxatdan o’tish vaqtida niklardan foydalanish yoki so’ralgan ma’lumotlarni noto’liq holda taqdim qilish.

3.2. O’zR ning amaldagi qonunchiligiga zid bo’lgan xabarlarni joylashtirish.

3.3. Normativ bo’lmagan leksikadan foydalanish va muzokaraning boshqa ishtirokchilarini haqorat qilish.

3.4. Umumiy chatda YOQIQ Caps Lock bilan yozish – bu baqiriqqa o’xshab ko’rinadi va atrofdagilarning g’ashiga tegadi. Boshlovchi har bir savolga javob beradi – faqatgina sabr qilsangiz bo’ldi.

3.5. Yolg’on ma’lumotlarni tarqatish.

3.6. Vebinar mavzusiga taalluqli bo’lmagan shaxsiy yozishmalar olib borish.

3.7. Diniy, irqiy, jinsiy murosasizlikni ko’rsatish.

3.8. Vebinar davomida ommaviy janjal chiqarish va unga qo’shilish.

3.9. Bitta yoki o’xshash xabarlarni qayta joylashtirish.

4.Ma’muriyatning huquq va majburiyatlari:

4.1. Ogohlantirishlar berish va ko’rsatilgan qoidalarning birortasini buzgan ishtirokchining vebinardagi ishtirokini cheklash.

4.2. Vebinarda belgilangan qoidalarga amal qilishni nazorat qilish va ularning buzilishiga yo’l qo’ymaslik.

4.3. Ma’muriyat harakatlaridan norozi bo’lgan hamda e’tirozlarini yozma tarzda bildirgan ishtirokchiga o’z harakatlarini tushuntirib berish.

Bizning hamkorlarimiz

Camon.uz maydonchasi haqida ikki og’iz so’z

Camon.uz – bu onlayn-rejimda vebinar va taqdimotlar o’tkazish uchun mo’ljallanga mukammal platforma, bir joyda turmasdan, rivojlanishni istagan har qanday inson uchun!
Eng yaxshi seminar va treninglarni jonli efir orqali bepul tomosha qiling, maqsadli auditoriyaga o’z chiqishlaringizni translyatsiya qiling, taqdimotlarni namoyish qiling, veb-konferentsiyalar tashkil qiling, hamda eng yaxshi translyatsiyalarni yozib boring. Vebinarning boshqa ishtirokchilari bilan chatda muloqot qiling! Moderatsiya va sozlamalar bo’yicha keng imkoniyatlaringizni ishga solib, o’zingizning virtual tadbirlaringizni tezlik bilan yarating va ularni boshqarib boring.

Do’stlaringiz bilan bo’lishing!