Onlayn ta`lim

TAS-IX da yetakchi mutaxassislarning vebinarini tomosha qiling va o’zingiz ham o’tkazing

Tez oradagi vebinarlar

Vebinarlar tashkillashtiring va tomosha qiling

Yuzlab xodim va mijozlar bilan onlayn-tadbirlar tashkillashtiring. Vebinarni tashkillashtirishingiz uchun sizga qimmatbaho uskunalar ham, maxsus ilovalarni o’rnatish ham, IT-mutaxassisining ishi ham kerak bo’lmaydi. Barcha jarayon shu yerda – bizning maydonchada bo’lib o’tadi. Biz saytning hamjihatlikda ish olib borishiga javob beramiz, sizdan esa ko’rsatilgan manzilga o’tish talab etiladi, xolos. Bu shunchalik osonki, hattoki zamonaviy texnologiyalardan kamdan-kam foydalanadigan insonlar uchun ham to’g’ri kelaveradi.

  • Intuitiv tushunarli interfeys
  • Ishtirokchilarning tez ro’yxatdan o’tishi
  • Qo’shimcha jihozlarsiz
camon-main
camon_two-1

Videokonferents-aloqaning samarali tadbirlari

Qo’shimcha tadbirlardan foydalaning – taqdimot namoyishi, chat, ovoz berish va boshqalar. Vebinarning offlayn-uchrashuvvlardan asosiy farqi nimada? Tadbirni tashkillashtirish va ma’lumotlar bilan bo’lishish tezligida – endi bir necha yuz kishiga o’zingizning g’oyalaringiz haqida gapirish uchun binoni ijaraga olish, transportga pul sarflash, reklamaga buyurtma berishning sizga keragi yo’q – shunchaki hamfikrlaringizni onlayn video konferentsiyaga taklif qilsangiz, bo’ldi!

  • 40 gacha ishtirokchi qatnasha oladigan video-konferentsiya
  • Ishtirokchilarning chatdagi muloqoti, taqdimot namoyishi
  • Interfaol doska

Vebinarlarni tashkillashtirishning afzalliklari

Taqdimot boshqaruvi

Taqdimotlarni o’tkazish hamda shaxsiy belgilarni yaratish, slaydlarning namoyishi: izchil yoki ixtiyoriy, slayddagi belgilar: markerda rasm chizish, doiralar, to’rtburchaklar chizish, chiziqlarning rangi va qalinligini tanlash.

Videokonferentsiya

Mukammal konferentsiyani tashkillashtirish imkoniyati, jonli muloqot uchun videoni ishtirokchilar kamerasidan translyatsiya qilish, videokonferentsiyani boshqarish.

Chat

Savollarni chat formatida muhokama qilish, savol/javoblar yoki muhokamalar uchun umumiy chatni tashkillashtirish.
camon-main1

Vebinarlar yordamida savdoni qanday oshirish mumkin?

Ommaviy savdo bilan shaxsiy muloqotni uyg’unlashtiring

Auditoriyani o’zingizga jalb qiling, mahsulot haqidagi noyob ma’lumotlar bilan bo’lishing va qiziqish bildirgan xaridorlarga qulay takliflar bildiring – vebinarlar potentsial mijozlarning e’tiborini turli xildagi ko’pgina reklamalardan ko’ra yaxshiroq jalb etadi! Vebinarda ishtirok etish oson, noodatiy va qiziq – shuning uchun sizning “tomoshabin zal”ingiz doimo to’lgan bo’ladi. Tomoshabinlarning barcha diqqat-e’tibori bir-birlariga emas, spikerga qaratilgan bo’ladi, bu esa o’z fikringizni ularning har biriga aniqlik bilan yetkazib berish imkoniyatini beradi.

Maqsadli auditoriya bilan to’g’ridan-to’g’ri ish olib boring

Vebinar yordamida siz bir-biriga mos tushmaydigan ikki narsa – shaxsiy va ommaviy savdoni uyg’unlashtirishingiz mumkin. Onlayn-uchrashuv sizga mahsulotingizni tinglovchilarning har biriga alohida va shu bilan birga bir vaqtning o’zida butun auditoriyaga taklif qilish imkoniyatini beradi! Yashirin yoki to’g’ridan-to’g’ri savdodan foydalaning, mahsulotingizning tadimotini o’tkazing, xizmatlaringiz haqida batafsil gapirib bering, so’ngra eng faol auditoriyangizni aniqlab oling. Vebinarda sotish – juda oson!

Bu xizmat kimlar uchun mo’ljallangan?

Mustaqil spikerlar

O’zbekistonning istalgan nuqtasidan turib
o’zingizning auditoriyangizga
to’g’ridan-to’g’ri murojaat qiling

Regional kompaniyalar

Boshqa shahar va regiondagi
mijozlar va xodimlar bilan
ortiqcha xarajatlarsiz muloqot qiling

O'quv markazlari

Materiallarni namoyish qilgan
hamda qo’shimcha tadbirlardan foydalangan holda
masofadan turib tahsil oling

Banklar

Ish vaqtingizni tejagan holda
barcha filiallarning xodimlari bilan
bir vaqtning o’zida majlis o’tkazing

Tibbiyot markazlari

O’z farmatsevtik mahsulotingizning taqdimotini o’tkazing
shuningdek real vaqt rejimida
xodimlarning malakasini oshiring

Sayyohlik agentliklari

Mijozlar sonini oshiring
yoki istalgan joydan turib real vaqt rejimida
xodimlaringizni o’qiting

Bizning hamkorlarimiz

Camon.uz maydonchasi haqida ikki og’iz so’z

Camon.uz – bu onlayn-rejimda vebinar va taqdimotlar o’tkazish uchun mo’ljallanga mukammal platforma, bir joyda turmasdan, rivojlanishni istagan har qanday inson uchun!
Eng yaxshi seminar va treninglarni jonli efir orqali bepul tomosha qiling, maqsadli auditoriyaga o’z chiqishlaringizni translyatsiya qiling, taqdimotlarni namoyish qiling, veb-konferentsiyalar tashkil qiling, hamda eng yaxshi translyatsiyalarni yozib boring. Vebinarning boshqa ishtirokchilari bilan chatda muloqot qiling! Moderatsiya va sozlamalar bo’yicha keng imkoniyatlaringizni ishga solib, o’zingizning virtual tadbirlaringizni tezlik bilan yarating va ularni boshqarib boring.

Do’stlaringiz bilan bo’lishing!