Ulanish ko’rsatmasi

Vebinarga ulanish bo’yicha ko’rsatma

Diqqat!

Ekran va video namoyishining aniq tasviri uchun vebinarga Google Chrom brauzeri orqali (agar IOS bo’lsa, Safari orqali) kompyuter vositasida ulanish mumkin.

Shuningdek, VPN ni ham o’chirishni unutmang! Chunki u vebinarni kuzatishga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Vebinarga ulanish uchun Sizga faqatgina brauzer (asosan Google Chrom yoki Firefox) kerak bo’ladi. Ulanish tartibi:

Birinchi band

Ulanish uchun faqatgina ismingizni o’zini yozib, avtorizatsiya qilish lozim.

Ikkinchi band

“Vebinarga ulanish” tugmasini bosishingiz bilanoq, sizni vebinar olib borilayotgan xonaga o’tkazishadi. “FAQATGINA TINGLASH” ni tanlang. Ana shunda vebinarga ulanishda Sizda ovoz bilan bog’liq muammolar imkon qadar kamayadi.

Uchinchi band

“FAQATGINA TINGLASH” ni bosganingizdan keyin, Sizda hamma narsa tartib bilan ketayotganini hamda Siz vebinarga muvaffaqiyatli ulanganligingiz haqida xabar paydo bo’ladi. Agar Sizda biror-bir muammo kelib chiqqan bo’lsa, o’zingizdagi ovoz moslamalarini birma-bir ko’zdan kechirib chiqing. Dastur orqali yoki jismonan uskunalaringizning hammasi ham to’g’ri va aniq ishlayotganini, dinamikalarning ulanganligini tekshirib chiqish kerak.

To’rtinchi band

Mana endi, muvaffaqiyatli ulanganizdan so’ng, vebinarning boshlanishini kuting va unda faol ishtirok eting?

Bizning hamkorlarimiz

Camon.uz maydonchasi haqida ikki og’iz so’z

Camon.uz – bu onlayn-rejimda vebinar va taqdimotlar o’tkazish uchun mo’ljallanga mukammal platforma, bir joyda turmasdan, rivojlanishni istagan har qanday inson uchun!
Eng yaxshi seminar va treninglarni jonli efir orqali bepul tomosha qiling, maqsadli auditoriyaga o’z chiqishlaringizni translyatsiya qiling, taqdimotlarni namoyish qiling, veb-konferentsiyalar tashkil qiling, hamda eng yaxshi translyatsiyalarni yozib boring. Vebinarning boshqa ishtirokchilari bilan chatda muloqot qiling! Moderatsiya va sozlamalar bo’yicha keng imkoniyatlaringizni ishga solib, o’zingizning virtual tadbirlaringizni tezlik bilan yarating va ularni boshqarib boring.

Do’stlaringiz bilan bo’lishing!