Iste'molchining xulqi
Alisher Rustamov
"Isteʼmolchining xulqi: sodiqlik turlari, qaror qabul qilish jarayoni, mijozning tajribasi" mavzusida AGROCOMP –Qozog'iston va O'zbekistonda qiymat zanjiri, barqaror rivojlanish va eko-innovatsiyalarni takomillashtirish orqali O'zbekiston va Qozog'iston oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish loyihasi doirasida bepul onlayn-seminar tashkil qilinmoqda.
Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.
Seminar davomida biznesda mijozlar bilan ishlashni fundamental bilimlari va qoidalari yoritiladi.
Seminar spikeri Alisher Rustamov - "Malevich Consulting" asoschilaridan biri, 14 yillik tajribaga ega xizmat ko'rsatish sohasida biznes-murabbiy.